Dunyo yangiliklariYangiliklar

Kataloniyada yuragi olti soatga to‘xtab qolgan insonni qutqarishdi

Ushbu xabar allaqachon 323 marta o`qilgan!

“Kun.uz” internet nashrida yozilishicha Ispaniyalik shifokorlar qattiq sovuq urishi natijasida yuragi olti soatga to‘xtab qolgan ayolni qutqargan.

Bu haqda BBC News: “Kataloniyada 34 yoshli Odri Shumen turmush o‘rtog‘i Roxan bilan toqqa sayohatga chiqqan va qor bo‘roniga duch kelgan. Gipotermiya natijasida ayol avvaliga so‘zlash va harakatlanish qobiliyatini yo‘qotgan, so‘ngra hushidan ketgan. Oradan ikki soat o‘tib qutqaruvchilar yetib kelganida Odri Shumenning yuragi to‘xtagan holatda bo‘lgan” – deb xabar beradi.

O‘sha paytda ayolning harorati 18 darajagacha tushib ketgan. Bemor Barselonadagi kasalxonalardan biriga keltirilgan. Shifokorlar uning tanasidan bir qism qonni tortib olib, qonni kislorod bilan to‘yintirgan va keyin uning tanasiga qaytarib quygan. Shumenning tana harorati 30 darajaga yetganidan so‘ng uning yuragini ishga tushirish uchun defibrillyator qo‘llanilgan.

Shifokor Eduard Argudoning so‘zlariga ko‘ra, tog‘dagi past darajali harorat yurak to‘xtab qolgan bo‘lsa ham ayolning miyasi va tanasini saqlab qolgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Ispaniya hududida qayd etilgan yurak eng uzoq vaqt ishlamay turgan holatdir. 

Ma’lumot uchun aytish mumkinki, yurak to’xtagandan keyin bosh miya hujayralari uzog’i bilan 10-15 minut kislorodsiz yashashi mumkin. Undan keyin miya hujayralari halok bo’ladi. Shu vaqt davomida yurak ish qayta tiklanmasa bemorning omon qolish ehtimolligi 1 foizdan ham kam hisoblanadi.

{"from":"MediaSave","to":"Site","event":"ResizeIframe","data":{"width":0,"height":0,"position":"top-center"}}