Ba’zi bemorlarda diareya COVID-19 ning birinchi alomati bo’lishi mumkin
Ushbu xabar allaqachon 513 marta o`qilgan!
“Diareya haqli ravishda yangi COVID-19 koronavirus infektsiyasining eng keng tarqalgan belgisi emas. Biroq, bu tadqiqotlarga ko’ra, kasallikning birinchi belgisi bo’lishi mumkin” deb yoziladi Amerika gastroenterologiya jurnali nashri (“The American Journal of Gastroenterology”).
Olimlar COVID-19 ning ushbu xususiyatini kasallik yengil kechgan bemorlarning kichik guruhida topdilar. Odatda ularda respirator (nafas olish sistemasiga bo’gliq) simptomlar ancha keyin paydo bo’lgan yoki umuman aniqlanmagan.
Ushbu kasallik holatida kasallikning klassik belgilari (birinchi navbatda isitma va yo’tal) aniqlanmasligi mumkin. Kasallik diareya ko’rinishida kechayotgan odamlar izolyatsiya qilinmaydi, natijada ular kasallik tarqatishni davom ettirishlari mumkin. Shuning uchun, olimlarning fikriga ko’ra, COVID-19 ning turli xil atipik shakllari haqida ma’lumot juda muhimdir.
Diareya – bu ko’plab patologiyalar bilan bog’liq bo’lgan keng tarqalgan sindrom. Shuning uchun, u COVID-19 tashxisida yetakchi belgi bo’lib xizmat qila olmaydi. Shunga qaramay, yangi koronavirus bilan kasallangan odamlarda ushbu belgi muhim ahamiyat kasb etishi mumkin va olimlar yozganidek, «hech bo’lmaganda kasallik haqida fikr bildirishlari kerak».
Olimlar Tongji Tibbiyot kollejining Uxan kasalxonasida davolangan 206 nafar COVID-19 bilan kasallangan bemorlar haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilishdi. Mualliflar ataylab kasallik yengil kechgan va qonning normal oksidlanishiga ega bo’lgan nafas olish qiyinlashishi kuzatilmagan bemorlarni tanlab olishdi.
48 nafar bemor (23%) faqat oshqozon-ichak trakti simptomlari bilan kasalxonaga yotqizilgan, 69 nafar (33%) bemorda respirator belgilar qo’shilgan.
Diareya 67 nafar (58%) bemorda ichak simptomlari bilan birga, 13 nafar (20%) bemorda bu infektsiyadan keyin birinchi alomat bo’lgan. Ushbu bemorlarning uchdan birida kasallik paytida isitma kuzatilmagan. O’rtacha, ichak buzilishi 5 kun davom etgan.
Mualliflar ta’kidlashicha, ichak simptomlari bo’lgan bemorlar respirator simptomlar bo’lgan bemorlarga qaraganda tez tibbiy yordamga kechroq murojaat qilishgan. Bundan tashqari, ular virusni uzoqroq yashirishda davom etishgan.
“medportal.ru” dan tarjima.