21-mart – Navro‘z ayyomi muborak bo‘lsin!

Ushbu xabar allaqachon 12142 marta o`qilgan!

Aziz vatandoshlar! Mana tabiat uyg‘onib, go‘zal mamlakatimizga barchamiz orziqib, sog‘inib kutgan Navro‘zi olam kirib keldi. Barchani ushbu yangilanish, yasharish ayyomi bilan chin qalbdan tabriklayman!

Ming yillar davomida ma’naviy hayotimizning ko‘rku ziynati bo‘lib kelayotgan bu ajoyib, xosiyatli bayram bugun qalblarimizga yana cheksiz quvonch va zavq olib bag’ishlamoqda. Har safar Navro‘zda necha asrlik an’ana va qadriyatlarimizni yangitdan kashf etamiz, qanday buyuk tarix, qanday buyuk madaniyat vorislari ekanimizni yana bir bor anglaymiz va bundan qalblarimiz g‘urur va iftixorga to‘ladi.

Jonajon yurtimizni tinchlik, ravnaq va farovonlik aslo tark etmasin. Vatanimiz yanada obod, xalqimiz doim omon bo‘lsin. Navro‘z har bir xonadonga tinchlik-xotirjamlik, sihat-salomatlik, baxtu saodat, qut-baraka olib kelsin. Dasturxonimiz doim to‘kin-sochin bo‘lsin. Barcha ezgu niyat va maqsadlarimiz amalga oshsin. Navro‘zi olam yana bir bor barchamizga muborak bo‘lsin! Bayram kayfiyati sizlarni yil davomida tark etmasin!

Jasur Hikmatov