COVID-19 yangiliklariKoronavirusRespublika yangiliklariYangiliklar

2020-yil 13-may holatiga ko’ra, O’zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2612 nafarni tashkil qilmoqda.

Ushbu xabar allaqachon 617 marta o`qilgan!

“2020-yil 13-may soat 23:00 holatiga ko’ra, O’zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2612 nafarni tashkil qilmoqda” – deb xabar beradi SSV matbuot kotibi.

So’nggi kunlarda  Samarqand viloyati koronavirusdan zararlanish bilan bog’liq yangi holatlar bo’yicha yetakchilik qilayotgan bo’lsa, Toshkent shahrida esa xorijdan kelib, karantinga olingan fuqarolar orasidan tasdiqlangan bemorlar hisobiga  kasallanish ko’rsatkichi oshishi kuzatilgan.

Ayni paytda yurtimizda 2076 nafar fuqaro koronavirus infeksiyasidan butunlay sog’aydi. Mamlakatimizda davolanayotgan 525 nafar bemordan 12 nafari og’ir ahvolda. Shifokorlarimiz tomonidan barcha bemorlarga standartlar bo’yicha davo choralari ko’rilmoqda. O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni esa 11 nafarni tashkil etadi.

{"from":"MediaSave","to":"Site","event":"ResizeIframe","data":{"width":0,"height":0,"position":"top-center"}}