8-mart – Xalqaro-xotin qizlar kuni muborak bo‘lsin!

Ushbu xabar allaqachon 172 marta o`qilgan!

Assalomu alaykum, “MegaMedPortal.uz – internet portali”ning qadrli obunachilari, muhtarama opa-singillar! Avvalambor barchani mamlakatimizga tashrif buyurgan yasharish, yangilanish fasli bo‘lgan bahor bilan barchangizni muborakbod etaman. Bahor faslining boshlanishida butun dunyo bo‘ylab Xotin-qizlar kunini nishonlash yaxshi an’anaga aylangan. Bunda ham, albatta, ramziy ma’no-mazmun bor. Zero tabiatning uyg‘onishi, yangi hayot nafasining ufurishi hayotimizga go‘zallik, qalblarimizga mehr-muhabbat olib kiruvchi ayollarimizning bayrami bilan hamohang. Biz bilamizki, Xalqaro xotin-qizlar kuni (8-mart) ‒ har yili 8-mart kuni bir qator mamlakatlarda nishonlanadigan bayram. Bu teng huquq va ozodlik uchun kurashda ayollar uchun birdamlik kuni sifatida paydo bo’lgan. 1975-yil martidan boshlab Xalqaro xotin-qizlar kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan nishonlanib kelinmoqda.

Bugungi kunda mamlakatimizda ayollarning farovon hayot kechirishi hamda jamiyatda o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lishi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev “Ayollarni rozi qilish – davlatimizning eng katta siyosatidir” degan so‘zlari bilan jamiyatimizda xotin-qizlarga bo‘lgan ehtiromning eng oliy namunasini ko‘rsatib berdilar.

Shu qutlug‘ ayyom – “8 mart Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami bilan internet portalimiz qadrli obunachilari, yurtimizdagi barcha onalar, opa-singillarimizni chin dildan muborakbod etaman va dunyodagi eng samimiy tilaklarini bildiraman. Oilamizga quvonch, hayotimizga go‘zallik olib kiruvchi onalarimiz, opa-singillarimiz, baxtimizga doimo sog‘-omon bo‘ling. Bahoriy go‘zallik hamda ko‘rkamlik sizni yil bo‘yi tark etmasin.

Sayt administratsiyasi