Buxoro viloyatida koronavirus infeksiyaga qarshi emlash jarayonlariga tayyorgarlik boshlandi

Ushbu xabar allaqachon 205 marta o`qilgan!

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi ma’lulotiga ko‘ra Buxoro viloyatida koronavirus “COVID-19 “ infeksiyaga qarshi emlash jarayonlariga tayyorgarlik boshlab yuborilgan.

Ma’lumotga ko‘ra, Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmalari hamda har bir tuman-shaharlar bo‘limlari qoshida koronavirusga qarshi emlash jarayonini tizimli tashkillashtirish va boshqarish maqsadida shtablar tuzilgan va shtablarga tegishli mutaxassislar biriktirilgan. Emlash jarayonlarini kamchiliksiz, betalofat o‘tkazish maqsadida tashkillashtirilayotgan tizimli ishlar qatorida shokka qarshi tez yordam ko‘rsatadigan tibbiyot xodimlar ro‘yxati tuzilgan. Alohida xonalarda koyka-jihozlar hamda shokka qarshi va boshqa dori-darmonlar zaxirasi ta’minlangan.

Bugungi kunda, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xodimlari tomonidan viloyatdagi har bir davolash-profilaktika muassasalari kesimida emlanishi lozim bo‘lgan aholining ro‘yxati shakllantirilmoqda. Emlanishi lozim bo‘lgan aholining manzilli  kartografikasi tuzilib, “Xavf osti guruhiga mansub” birinchilardan bo‘lib emlanishi lozim bo‘lgan aholini emlash punktlariga yetkazib olib kelish va manziliga eltib qo‘yish maqsadida har bir maxsus emlash guruhlariga avtotransport biriktirish va ularni yoqilg‘i moy bilan ta’minlash ishlari olib borilmoqda.

Viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining keyingi rejalarida “Xavfsiz immunizapsiyani” tashkil etish jarayonida qatnashadigan vrach, vaksinator va ularning dublyorlari tayyorgarliklarini yanada oshirish uchun seminar treninglar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Manba: UzA