Dunyo yangiliklariRespublika yangiliklariTabriklarYangiliklar

Mustaqillik bayramingiz qutlug’ bo’lsin aziz Vatandoshlar!

Ushbu xabar allaqachon 247 marta o`qilgan!

Biz bilamizki, har qanday millat va xalq uchun eng muqaddas qadriyat, bu shubhasiz, hurriyatdir. Mana bugun Vatanimiz ozodlikka erishganiga, o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini qo‘lga kiritganiga 32 yil to‘ldi. Yurtimizda mustaqilligimizning 32 yilligi “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida o‘tkazilmoqda.

Bugungi eng ulug‘ bayram bilan eng avvalo istiqlolni oliy qadriyat deb biluvchi, xalqimiz kelajagiga befarq bo‘lmagan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etaman!

Mamlakatimizdan osoyishtalik va farovonlik, dasturxonimizdan esa fayz-u baraka arimasin. Sihat-salomatlik, baxt va saodat har bir yurtdoshimizning hamrohi bo’lsin. Vatanimiz tinchligi, ravnaqi va gullab yashnashi yo’lidagi har bir ezgu amalingizda omad yor bo’lsin. Olloh har biringizni o’z panohida asrasin. Erishayotgan yutuqlarimiz bardavom, turmushimiz farovon, Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

Jasur Hikmatov

{"from":"MediaSave","to":"Site","event":"ResizeIframe","data":{"width":0,"height":0,"position":"top-center"}}