20-may – Butun jahon travmatologlar kuni
Ushbu xabar allaqachon 31503 marta o`qilgan!
20-may – Butun jahon travmatologlar kuni, sayt ma’muriyati barcha travmatolog va ortoped shifokorlarni ushbu kasb bayramlari bilan tabriklaydi!
Travmatolog kasbi katta hurmatga loyiq va chinakam kasb. U shunchaki ehtiyotkor inson, o’z sohasining mutaxassisi bo’lib, tez va ehtiyotkorlik bilan mas’uliyatli qaror qabul qilishga, yuqori malakaga va tajribaga ega bo’lishga, o’zini doimiy ravishda takomillashtirishga majbur qiladi. Ko’pincha, nafaqat bemorning sog’lig’i, balki uning hayoti ham ortoped-travmatologning bilim va mahoratli qo’llariga bog’liq.
Barcha travmatolog va ortopedlarni faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Xalq so’glig’i xizmatida aslo charchamang.
Fursatdan foydalanib, travmatologiya sohasi tarixi, yo’nalishlari va travmatologiyaga oid qiziqarli faktlarni siz bilan baham ko’rishni lozim deb topdik.
Travmatolog – (yunoncha “trauma”, shikastlanish – yara, zarar; logos – ta’lim.) – mushak-skelet tizimining kasalliklari va deformatsiyalari, mexanik shikastlanishlari, kuyishlarni konservativ va operativ davolashga ixtisoslashgan, operatsiyadan keyingi bemorlarni reabilitatsiya qiladigan, shuningdek artrit, artroz va shikastlanishlarning oldini olishni ta’minlaydigan shifokor.
Travmatologlar osteosintez, endoprotezlash, transplantatsiya, shikastlangan oyoq-qo’llarni, jarohatlangan bo’g’imlarni fiksatsiya qilish bilan shug’ullanadi, og’riq sindromi, jarohatlar bilan bog’liq qon ketishini to’xtatadi, ikkilamchi infektsiyalarning oldini oladi. Shuningdek, shifokor travmatik shok, Krash sindromi (uzoq vaqtli siqish sindromi) bilan kurashadi.
Travmatologning ishi jarroh, ortoped, transplantolog, rentgenologlar va immunologlar bilan yaqin hamkorlikni o’z ichiga oladi.
Travmatologiya tarixi
Travmatologiya klinik tibbiyotning qadimgi qismlaridan biri bo’lib, uning tarixi ko’p asrlarga borib taqaladi. Axir, odamlar har doim turli xil jarohatlar olishgan.
Travmatologiya asoschisi Gippokrat bo’lib, u birinchi marta chiqish va sinishlar haqida yozib qoldirgan, gimnastika yordamida jarohatlarni reabilitatsiya qilishni taklif qilgan.
O’rta asrlarda Sels, Pare va Glissonlar travmadan keyingi deformatsiyani korreksiya qilish uchun mexanik asboblarni taklif qilishgan, bugungi kunda ham Glisson halqasi (петля Глиссона) ishlatiladi. G’arbiy Travmatologiya maktabi suyak regeneratsiyasining kashf etilishi, pay plastik jarrohligi va skeletni tortish kashfiyotlari ta’siri ostida rivojlandi. XX asr travmatologiyaga aseptika va antiseptika, narkoz, rentgen tushunchalarini olib keldi.
Rossiyada travmatologiya oyoq-qo’llarni amputatsiya qilish uchun eng kam travmatik operatsiyalarni ishlab chiqqan N.I.Pirogov nomi bilan chambarchas bog’liq. N.I.Pirogov birinchi marta gips quyishni qo’lladi, bu esa amputasiyalar sonini kamaytirdi. I.A.Berdixin suyak pardasi hujayralaridan suyak regeneratsiyasi jarayoni bo’yicha bir qator ilmiy kashfiyotlar qildi, N.I.Nosilov esa osteosintezni taklif qildi.
Ibn Sino ko’p asrlar davomida tibbiyot sohasini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlarini belgilab berdi va amalda bugungi kunda ham o’z dolzarbligini yo’qotmagan amaliy tibbiyot va farmakologiyaning asosiy usullariga asos yaratdi. Jumladan buyuk allomaning travmatologiya sohasidagi ko’plab asarlari bugungi kunda tibbiyot yuqori darajaga ko’tarilgan bo’lsa ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Uning tavsiya etgan va amalda qo’llagan usullari zamonaviy tibbiyotning rivojlanishiga mustahkam zamin yaratdi. Ibn Sino o’zining «Tib Qonunlari» asarining IV bobida yaralar, turli xil jarohatlar, suyak sinish va chiqishlar, shu jumladan yelka suyagi chiqishida uni solish usulini yoritib berdi. Bu usul hozirgi kunda travmatologlar tomonidan juda ko’p qo’llaniladi va Ibn-sino usuli deb yuritiladi.
Oʻzbek olimlari tomonidan choʻltoqliklarni va jarohatlarni davolashda suyak plastikasi qilish (N.M.Shomatov), jarohatlarni davolashda Sharq tabobati usullarini qoʻllash, xususan, “mumiyoi asl” bilan siniq va yaralarni davolash (O.Sh.Shokirov), sanoat va qishloq xo’jalikda travmatizm muammolarini oʻrganish (B.I.Berliner, N.D.Isaboyev), shol kasalligi asoratlarini davolash (I.X.Eshonxoʻjayev, N.F.Fayzullayev) yoʻlida ilmiy tadqiqotlar olib borildi. Qoʻl-oyoqlarning kuyishdan keyingi shakl oʻzgarishlarini teri plastikasi yordamida davolash (B.M.Mirazimov), bolalar serebral falaji va suyak sinishini (Oʻ.S.Islombekov), osteomiyelit kasalligini (Sh.Sh.Hamrayev) davolash boʻyicha qilingan ilmiy ishlar O’zbekistonda travmatologiya va ortopediya fanining rivojlanishida katta rol oʻynadi.
Travmatologlar davolaydi:
- bo’g’im kasalliklari va shikastlanishi;
- osteoporoz;
- umurtqa pog’onasi va tovon qiyshiqligi;
- tekis oyoqlari (Плоскостопие);
- osteomiyelit;
- Suyak tuzilishining hosilalari;
- patologik yoriqlar;
- yorilish va cho’zilishlar;
- • chiqish va lat yeyishlarni.
Travmatologlarning tor mutaxassisliklari:
- Bolalar travmatologlari – 18 yoshgacha bo’lgan bolalarga yordam beradi.
- Sport jarohatlari bo’yicha mutaxassislar.
- Oyoq-qo’llarini amputatsiya qilish bo’yicha travmatologlar.
- Protezlovchilar – yo’qotilgan oyoq yoki qo’lni maxsus (elektr, pnevmatik, gidravlik va kombnatsiyangan) protezlar bilan almashtiradi yoki harakat funksiyasi buzilishini robotlashgan ekzoskeletlari bilan davolaydi.
- Travmatolog-onkolog yoki osteo-onkologlar – suyaklarning yaxshi va yomon sifatli o’smalarida operatsiya qilishadi.
- Travmatolog-vertebologlar – umurtqa pog’onasi muammolari bilan shug’ullanadi.
- Barmoqlarda operatsiya qilivchi travmatologlar.
- Artroskopistlar – bo’g’im ichi shikastlanishlarni endoskopik usuldagi operatsiyasi bilan shug’ullanishadi.
- Komustiologlar – kuyishlarni davolaydi.
- Harbiy travmatologlar – mushak-skelet tizimining o’qotar qurollardan jarohatlanishini davolaydi, ularning asoratlari va oqibatlari, shuningdek qo’shinlarda jarohatlarni oldini olish.
Qiziqrli faktlar:
- Oyoqning katta boldir suyagi – kuchli suyaklardan biri . U bir yarim tonnagacha yukka bardosh berishga qodir.
- Inson suyaklari har etti yilda to’liq yangilanadi, ammo bu jarayon yosh o’tishi bilan sezilarli darajada sekinlashadi.
- Ko’pincha odamlar qo’l panja va o’mrov suyaklarini sindirishadi.
- Amerikalik kaskadyor hayoti davomida eng ko’p ya’ni 400 dan ortiq suyak sinishi jarohatiga duch kelgan. Biroq, uning baxti 80 yilgacha yashagani.
- Olimlarning fikriga ko’ra, eng xavfsiz mashq yurishdir.
- Miloddan avvalgi X asrda suyak sinishlarini mahkamlashda loy, un va tuxum oqi eritmasi ishlatilgan.
- Faqat XIX asrdan gipsning mustahkamligini oshirish uchun alabaster ishlatila boshlandi. Biroq, uning dastlabki qo’llanilishida shikastlangan oyoqning ushbu agent bilan bochkaga tushirilgan va uning qattiqlashishini kutishgan.
- Gipsli bog’lamning zamonaviy usuli 1853-yilda Kavkaz urushi paytida qo’llanilgan, bu ko’plab askarlarni amputatsiyadan qutqargan.
Pingback: cialis over counter at walmart