Koronavirus yashirin kechishi sababi ma’lum bo‘ldi
Ushbu xabar allaqachon 390 marta o`qilgan!
“Bu haqda AQShlik olima, biologiya fanlari doktori Ancha Baranova RIA novostiga bergan intervyusida to‘xtalib o‘tdi. Olimaning fikriga ko‘ra, koronavirus testida manfiy natija kasallikning barcha bosqichlarida olinishi mumkin. Buning boisi shuki, kasallik alomatlari paydo bo‘lishga ulgurmasidan organizm interferonlar yordamida virusni «bostirish»ga harakat qiladi. Agar buni uddalay olsa, bemorning antitanachaga tahlil natijalari manfiy bo‘ladi, chunki ular hali ishlab chiqarilmagan bo‘ladi”, – deb xabar beradi “YUZ.UZ” axborot portali.
Kasallik alomatlari paydo bo‘la boshlaganda organizm antitanachalar ishlab chiqara boshlaydi va qo‘shimcha himoyani qamrab oladi. Biroq organizm virus yenggan taqdirda ham yallig‘lanish boshqa omillar hisobiga davom etishi mumkin. Bunday vaziyatda ham test tekshiruvi natijasi manfiy bo‘ladi.
Agar kasallik og‘ir darajada kechsa, organizm to‘qimalarining shikastlanishiga olib keluvchi, nazorat qilib bo‘lmaydigan yallig‘lanish — sitikonli po‘rtana paydo bo‘lishi mumkin. Biroq kasallikning bu darajasida virus juda kam miqdorda ko‘payadi.
Manba: “YUZ.UZ” axborot portali