COVID-19 yangiliklariDunyo yangiliklariKoronavirusYangiliklar

Koronavirusdan o‘limning yuqoriligi sababi ma’lum qilindi

Ushbu xabar allaqachon 351 marta o`qilgan!

Koronavirus inson organizmiga soluvchi asosiy xavf immun hujayralarining nazoratsiz faollashuvi hisoblanadi.Bu haqda Frontiers in Public Health nashrida chop etilgan tadqiqotda ma’lum qilingan.

Xitoylik mutaxassislarning fikricha, kasallanish vaqtida oqsillardan biri alveolyar epiteliy hujayrasiga kirib, sitokin dovuli deb ataluvchi jarayonni keltirib chiqaradi. Bunda yallig‘lanish o‘chog‘ida immun hujayralar nazoratsiz faollashadi.  

Og‘ir holatlarda bunday reaksiya o‘pkaning zararlanishiga va boshqa organlarning shikastlanishiga olib keluvchi septik shokka olib kelishi mumkin. 

Tadqiqot mualliflari misol tariqasida statistik ma’lumotlarni keltirib o‘tishgan. Ularga ko‘ra, koronavirusga chalingan og‘ir bemorlarning 67,3 foizida o‘tkir respirator distress-sindrom, 29 foizida buyrak yoki jigarning o‘tkir shikastlanishi, 23,1 foizida esa yurak zararlanishi rivojlanadi.

Manba: kun.uz

{"from":"MediaSave","to":"Site","event":"ResizeIframe","data":{"width":0,"height":0,"position":"top-center"}}