Respublika yangiliklariYangiliklar

Buxoro viloyatida respublika yetakchi jarrohlari ishtirokida o’tkazilgan tibbiy ko‘rik va jarrohlik amaliyotlari mahalliy mutaxassislarning tajribasini oshirmoqda

Ushbu xabar allaqachon 230 marta o`qilgan!

2021-yil 25-30-yanvar kunlari Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi “O‘pka va ko‘ks oralig‘i xirurgiyasi” bo‘limi rahbari, tibbiyot fanlari doktori Shuxrat Nurmatovich Xudaybergenov va torakal xirurg Begzod Yakubovlar Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi. Respublikaning yetakchi mutaxassislari Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi Maslahat poliklinikasi, “Ko‘krak-tomir xirurgiyasi” va “Abdominal xirurgiya” bo‘limlarida, Qorako‘l va Olot tuman tibbiyot birlashmalarida 100 dan ortiq kasallarni qabul qildi va zaruriy tibbiy maslahatlarini berishdi.

Tibbiyot fanlari doktori Shuxrat Xudaybergenov Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi xirurgik bo‘limlari va reanimatsiya bo‘limi shifokorlari ishtirokida “Ko‘krak qafasi patologiyasi bilan kasallanganlarni diagnostikasi va davolash. Noma’lum etiologiyali plevritlar va o‘pkaning hajmli hosilalari” mavzusida, Qorako‘l va Olot TTB shifokorlari ishtirokida “Ko‘krak qafasi travmalari”, “O‘pka emfzemalarini xirurgik davolash va uning asoratlari” mavzularida seminar,  davra suhbatlari o‘tkazildi va o‘zaro tajriba almashishdi.   

Tashrif davomida tibbiyot fanlari doktori Shuxrat Xudaybergenov boshchiligida Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida Ko‘krak-tomir xirurgisi bo‘limi xirurglari Jamshed Ismatov va Jasur Hikmatovlar bilan birgalikda bir nechta zamonaviy usuldagi videotorakoskopik operatsiyalar, o‘ng o‘pka yuqori va o‘rta bo‘laklarini olib tashlash operatsiyasi, Qorako‘l tumanida esa kichik kesma orqali o‘ng qorin orti sohasidan exinokokkektomiya operatsiyasi kabi murakkab va yuqori texnologik operatsiyalarini amalga oshirishdi.

Bundan tashqari, keyingi tashriflarda viloyatda turli etiologiyali traxeya steznozi kasalliklarida traxeyaning rekonstruktiv plastik operatsiyalarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirildi. 

Respublikaning tajribali mutaxassislarining bunday tashriflaridan maqsad viloyat aholisini, ayniqsa chekka qishloqlardagi aholiga viloyat va tuman sharoitida respublika darajasidagi malakali tibbiy xirurgik xizmat ko‘rsatish, xalqning mushkulini oson qilish, viloyatda mavjud xirurglar bilan o‘zaro tajriba almashish orqali ishdan ajralmagan holda ularning tibbiy malakasini oshirib borishdan iborat.   

{"from":"MediaSave","to":"Site","event":"ResizeIframe","data":{"width":0,"height":0,"position":"top-center"}}