COVID-19 yangiliklariKoronavirusRespublika yangiliklariYangiliklar

O‘zbek talabalari ayrim klinik belgilarni aniqlaydigan “aqlli niqob”ni ixtiro qilishdi

Ushbu xabar allaqachon 294 marta o`qilgan!

Toshkent shahrida joylashgan INHA universiteti talabalari «aqlli niqob»ni ixtiro qildilar, deyiladi «Xabar.uz» axborot-tahliliy portalida.

Bu niqob sezish funksiyasi orqali avtomatik tarzda inson haroratni o‘lchash, yo‘talish va nafas qisilishi kabi barcha ma’lumotlarni maxsus ilova orqali smartfonga yuboradi.

INHA universitetining Kompyuter va dasturiy injiniring fakulteti, 4-kurs talabalari Doston Mardiev va Aziza Abdurahmonovalar  ixtiro mualliflari hisoblanadi.

Talabalarning fikriga ko‘ra, bunday niqobni qayta-qayta ishlatsa bo‘ladi. U insonning tana haroratiga, yo‘talish, aks urish va nafas olishda bo‘layotgan qiyinchilikni uch xil sensorlar orqali aniqlab bera oladi.

Niqob mobil ilova orqali telefon bilan birlashtirilgan bo‘lib, uning yordamida niqobga o‘rnatilgan sensorlar avtomatik ravishda qayd etilgan ko‘rsatkichlarni smartfonga yuboradilar. Ilova ushbu ma’lumotni COVID-19 alomatlari bilan taqqoslaydi. Agar tasodif bo‘lsa, dastur aniqlik kiritadi.

COVID-19ning o‘ziga xos belgilari mavjud bo‘lib, u boshqa o‘tkir yuqumli kasalliklardan yuqori isitma, quruq yo‘tal, nafas qisilishi kabilar bilan ajralib turadi. Sensorlar tufayli niqob bu ma’lumotlarni osongina aniqlay oladi. Masalan, agar odamda harorat 38,5oC bo‘lsa, u tez-tez yo‘talsa va uzoq vaqt nafas ololmasa dastur niqob egasi COVID-19dan shubhalanayotganligi haqida signal beradi. Kelajakda biz bu niqobni tibbiy muassasalar bilan kelishilgan holda tekshirshni rejalashtirmoqdamiz. Tegishli alomatlari bo‘lgan odamlarga tez yordam berish oson bo‘ladi», – dedi g‘oya muallifi Aziza Abdurahmonova.

Loyiha muallifi Doston Mardievning ta’kidlashicha, ayni paytda loyiha yakunlanib, sinovdan o‘tkazilmoqda. 

Manba: «Xabar.uz» axborot-tahliliy portali

{"from":"MediaSave","to":"Site","event":"ResizeIframe","data":{"width":0,"height":0,"position":"top-center"}}