Romitan tumanida ko’krak qafasida yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyoti amalga oshirildi
Ushbu xabar allaqachon 343 marta o`qilgan!
2021-yil 4-fevral kuni Buxoro viloyat ko’p tarmoqli tibbiyot markazi torakal xirurgi J.Ismatov “Ko’krak qafasi chap tomoni teshilgan jarohati, chap o’pka paski bo’lagi zararlanishi bilan. Asorati: davom etuvchi plevra bo’shlig’ida qon ketish” tashxisi bilan Buxoro viloyati Romitan tumani tibbiyot birlashmasida yotqizilgan bemorda shoshilinch yordam zarurligi sababli sanitar aviatsiya yo’nalishida chaqirilgan. Bemor mutaxassis tomonidan ko’rilgan, umumiy ko’ruv va tekshiruvlar xulosasiga ko’ra bemorda shoshilinch jarrohlik amaliyoti o’tkazilishi zarurligi xulosa qilingan. Tajribali mutaxassis tomonidan ushbu bemorda “Videotorakoskopiya chapdan. Plevra bo’shlig’ini sanastsiya qilish, gemostaz va o’pka deffektini tikish” operatsiyasi amalga oshirilgan. Ahamiyatli tomoni shundaki, bunday turdagi yuqori texnologiyali operatsiya Romitan tumanida birinchi marta amalga oshirildi.
Torakoskopiya (videotorakoskopiya, VTS) (qadimgi yunoncha θώραξ – ko’krak va σκοπέω – qarash, ko’rib chiqish, kuzatish) – endoskopik tekshirish usuli, bemorning plevra bo’shlig’ini maxsus asbob – torakoskop yordamida tekshirishdan iborat bo’lib, plevra bo’lig’iga ko’krak devorini teshish orqali kiriladi. Ushbu usul zamonaviy kam jarohatli diagnostika va davolash usuli hisoblanadi. Ko’krak qafasiga kirish juda kichik (5-20 mm) teshiklar orqali amalga oshirilganligi sababli, bu yondashuv ba’zan “qulf teshigi jarrohligi” deb nomlanadi. Kichkina videokamera va jarrohlik asboblari plevra bo’shlig’iga diametri 5-20 mm bo’lgan 1-3 teshik orqali kiriladi. Amaliyot monitor ekranidagi tasvir nazorati ostida amalga oshiriladi va monitorda tasvirlarni bir necha marta kattalshtirish imkoniyati mavjud.
Videotorakoskopiyaga qarshi ko’rsatmalar: plevra bo’shlig’idagi kuchli rivojlangan bitishmalar, shuningdek yurak, nafas va buyrak yetishmovchiligi og’ir darajalari.
Videorakoskopik amaliyotning afzalliklari:
- minimal jarohat, invazivlik;
- operatsiyadan keyin bemor reanimatsiya bo’limida bo’lishiga hojat yo’qligi;
- operatsiyadan 1-3 kun o’tgach bemornu kasalxonadan chiqarilishi mumkinligi;
- operatsiyadan keyin kuchli og’riqlarning bo’lmasligi;
- yuqori aniqlikda tarvirga oluvchi kamera, zamonaviy asboblar va sarflov materiallaridan foydalanish natijasida operatsiya paytida va undan keyingi asoratlar xavfining minimal darajada pasayishi;
- reabilitatsiya davrining qisqarishi va operatsiyadan keyin bemorni so’glig’i tez tiklanishi;
- kosmetik effekt (operatsiyadan 6 oy o’tgach, operatsiyadan keyingi chandiqlar deyarli ko’rinmaydi).
Bugungi kunda mamlakatimizda so’gliqni saqlash sohasida olib borilayotgan jadal islohotlar markazdan uzoqda joylashgan aholiga zamonaviy va malakali tibbiy xizmat ko’rsatish samaradorligini oshirmoqda. Natijada xalqning mushkuli oson bo’lib, aholi salomatlik darajasi yanada yuqorilashuviga olib keladi.