Respublika yangiliklariTabriklarYangiliklar

8-dekabr – O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun muborak bo’lsin!

Ushbu xabar allaqachon 298 marta o`qilgan!

Biz bilamizki, 1992-yil 8-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida mamlakatning Asosiy qonuni – Konstitutsiya qabul qilingan. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi Vatanimiz mustaqilligining ramzi hisoblanadi. Asosiy qonun inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, barcha sohalarda keng koʻlamli islohotlarni amalga oshirish uchun mustahkam poydevor yaratdi. Bosh Qomusimiz – bu davlatchiligimizning huquqiy asosi boʻlib, yanada obod bo’lib borayotgan ozod Vatanimizning gullab yashnashiga xizmat qilmoqda. Qonun qabul qilingan ushu kun 1992-yildan beri mamlakatimizda milliy va umumxalq bayrami sifatida nishonlanadi. Barcha yurtdoshlarimizni bugungi Konstitutsiya kuni bayrami bilan samimiy tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Xonadonimizdan tinchlik va osoyishtalik, dasturxonimizdan fayzu baraka arimasin!

Sayt administratsiyasi

{"from":"MediaSave","to":"Site","event":"ResizeIframe","data":{"width":0,"height":0,"position":"top-center"}}