COVID-19 yangiliklariDunyo yangiliklariKoronavirusYangiliklar

COVID-19 ning nevrologik simptomlari ma’lum qilindi

Ushbu xabar allaqachon 427 marta o`qilgan!

Tadqiqotlarda Xitoyning Uhan shahrida COVID-2019 bilan kasallangan bemorlarning bir qismida nevrologik belgilar ham kazatilganligi “JAMA Neuology” nashrida xabar beriladi.

2020-yil 16-yanvardan 19-fevralgacha Uhanda davolangan 214 nafar bemor haqidagi ma’lumotlarni o’rgangan mutaxassislar bemorlarning 36 foizida va og’ir bemorlarning 46 foizida harorat ko’tarilishi, yo’tal, diareya va holsizlik kabi kasallikka xos shikoyatlardan tashqari nevrologik simptomlar ham bo’lganini aniqladi.

Klinik ma’lumotlar elektron tibbiy yozuvlardan olingan bo’lib, aniqlangan nevrologik belgilar 3 toifaga bo’linadi: markaziy asab tizimi bilan bog’liq (bosh aylanishi, bosh og’rig’i, ongning xiralashuvi, o’tkir serebrovaskulyar kasallik, ataksiya va tutqanoq), periferik asab tizimi bilan bo’gliq (ta’mning buzilishi, hidning buzilishi, ko’rishning buzilishi va nevlogik og’riq) va skelet mushaklarning shikastlanishining namoyon bo’lishi.

Manba: “jamanetwork.com” va “kun.uz”

{"from":"MediaSave","to":"Site","event":"ResizeIframe","data":{"width":0,"height":0,"position":"top-center"}}