MaqolalarOmmabop maqolalarRespublika yangiliklariYangiliklar

Uyqu arteriyalari aterosklerozi nima va bu kasallik qanday davolanadi?

Ushbu xabar allaqachon 515 marta o`qilgan!

 Uyqu arteriyalari aterosklerozi – bu uyqu arteriyalar deb ataladigan bo’yinning katta tomirlari torayib yoki butunlay yopilib qoladigan holat. Uyqu arteriyalar aortadan chiqib bo’yin orqali o’tadi, so’ngra bosh miya qutisiga o’tib qonni bosh miyaga yetkazadi.

Uyqu arteriyalari aterosklerozi ko’pincha qariyalarda rivojlanadi. 50-59 yoshdagi kattalarning atigi 1 foizida uyqu arteriyalarning torayishi kuzatiladi, ammo 70 yoshga kelib bemorlarning 10 foizida ushbu kasallik mavjud.

Quyidagi guruh insonlarda uyqu artriyalari aterosklerozi rivojlanishi xavfi yuqori bo’ladi:

– qon bosimi yuqori bo’lganlar

– qonda xolesterin miqdori yuqori bo’lganlar

– qandli diabet bilan kasallanganlar

– semizlik

– chekuvchilar va boshqalar.

Karotid endarterektomiya uchun ko’rsatmalar:

– uyqu arteriyasi stenozi 70% dan yuqori bo’lgan bemorlar va bosh miyada qon aylanishi buzilishi belgilari (tranzitor ishemik hujumlar va kichik ishemik insultlar).

– tez rivojlanayotgan stenoz

– ichki uyqu arteriyasi distal qismi emboliyasi potentsial xavfi yuqori bo’lganda

– ateromatoz bosqichida yarali blyashka mavjud bo’lganda

– yurak yoki qon tomirlarda katta hajmdagi operatsiya o’tkazilishi rejalashtirilgan asimptomatik uyqu arterilari stenozi bor bemorlar.

Buxoro viloyat ko’p tarmoqli tibbiyot markazi “Ko’krak-tomir xirurgiyasi” bo’limiga 65 yoshli bemor quyidagi shikoyatlar bilan murojaat qilib keldi:

bosh og’rig’i, bosh aylanishi, quloqdagi shovqinlar, xotira pasayishi.

Bemor o’zini 3-4 yildan beri kasal hisoblaydi. Kasalligi sababini hech bir sabab bilan bog’lamaydi. Bemor ambulator va statsionar sharoitda nervpatolog va terapevt tavsiyalariga ko’ra davolanib yurgan. Bemorda yuqoridagi shikoyatlar oxirgi 2 oydan beri kuchayib borayotganligi sababli qon-tomir xirurgiga murojaat qilib keldi.

Bemor “Ko’krak-tomir xirurgiyasi” bo’limiga yotqizildi va to’liq standart tekshiruvlardan o’tkazildi. Ko’ruv paytida: Bo‘yin sohasi o‘zgarishsiz. Terisi toza. Palpatsiyada barcha arteriyalar ustida pulsatsiya saqlangan. Auskultatsiyada chap umumiy uyqu arteriyasi sistolik shovqin eshitiladi. Boshqa arteriyalar ustida sistolik shovqin eshitilmaydi.

Braxiosefal arteriyalar ultratovush doplerografiyasida: Braxiosefal arteriyalarda aterosklerotik blyashka exobelgilari aniqlanadi. Stenoz: chap uyqu arteiyasi bifurkatsiya sohasida 45-50%, ichki uyqu arteriyasiga o’tish qismida 75-80%.

Bo’yin sohasi MSKT angiografiyasida: a.carotis communis sinistra havzasi. Chap umumiy uyqu arteriyasi bifurkatsiyasi medial devorida va ichki uyqu arteriyasi asosida 5 mm qalinlikdagi, uzunligi 1,3 sm bo’lgan noto’gri shakldagi, aniq tekis konturli «to’lishish nuqsoni» (ASB – aterosklerotik blyashka) aniqlanadi.

Bemorga shikoyati, anamnezi, obyektiv ko’ruv, laborator va instrumental tekshiruvlar xulosasiga ko’ra “Ateroskleroz. Chap umumiy uyqu arteriyasi va ichki uyqu arteriyasi stenozi. Asorati: Serebrovaskulyar kasallik. Miya qon aylanishining surunkali buzilishi. Dissirkulyator ensefalopatiya II daraja” tashxisi qo’yildi.

Bemorda “Chap umumiy uyqu, tashqi va ichki uyqu artriyalari klassik karotid endarterektomiyasi” yuqori texnologik operatsiyasi amalga oshirildi.

Makropreparat: zich konsistensiyali kulrang-sarg’ish rangdagi tomir ichidagi ateromatoz blyashka.

Operatsiyadan keyin davr asoratlarsiz kechdi. Bemorda yuqoridagi shikoyatlar kamaydi. Umumiy ahvoli qoniqarli holatda ambulator xirurg va nervpatolog nazoratiga chiqarildi.  

{"from":"MediaSave","to":"Site","event":"ResizeIframe","data":{"width":0,"height":0,"position":"top-center"}}