COVID-19 yangiliklariDunyo yangiliklariKoronavirusYangiliklar

JSST vakili koronavirus oddiy kasalliklar ro‘yxatiga kirishi mumkinligini bildirdi

Ushbu xabar allaqachon 717 marta o`qilgan!

COVID-19 koronavirusi vaqt o‘tishi bilan yo‘qolib ketmaydi, balki insoniyat har kuni duch keladigan yana bir kasallikka aylanishi mumkin, dedi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining favqulodda vaziyatlar bo‘yicha dasturi rahbari Mayk Rayan.

«Bu virus jamiyatimizdagi har kungi viruslardan biriga aylanishi va ketmasligi mumkin. OIV ketmadi», – deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda CNN telekanali.

«Bu ikki kasallikni solishtirganim yo‘q, lekin realist bo‘lishimiz kerak deb o‘ylayman. Bu kasallik yo‘qolib ketishini va bu qachon sodir bo‘lishini hech kim aytolmaydi», – dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, vaksina paydo bo‘lishi umid berishi mumkin, ammo bu preparatga erishishning osonligi va samaradorligi kabi qator shartlarni talab qiladi.

Jons Hopkins universitetining ma’lumotiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 300 mingga yaqin kishi koronavirusdan vafot etgan, kasallikka chalinganlar soni esa 4,3 milliondan oshib ketgan va 1,5 milliondan ortiq kishi tuzalgan.

Manba: kun.uz

{"from":"MediaSave","to":"Site","event":"ResizeIframe","data":{"width":0,"height":0,"position":"top-center"}}