Sistit qanday davolanadi?
Ushbu xabar allaqachon 505 marta o`qilgan!
Sistit – qovuq (siydik pufagi) shilliq qavatining yallig’lanishi. Ushbu kasallikdan ko’pincha reproduktiv yoshdagi ayollar aziyat chekadi. Bunday bog’liqlik ayol organizmining anatomik xususiyatlari bilan ifodalanadi, chunki ularda siydik chiqarish kanali erkaklarnikiga qaraganda kalta va kengroq bo’ladi, demakki qovuqqa infeksiya kirishi osonroq kechadi.
SISTIT SABABLARI: odatda, siydik kanali orqali siydik pufagiga bakteriyalar kirishi natijasida rivojlanadi. Bunday bakteriyalar masalan to’g’ri ichakda yashaydigan Escherichia coli (E. coli) bakteriyalari. Ammo siydik pufagining yallig’lanishiga olib keladigan boshqa bakteriya va xastaliklar ham mavjud.
O’tkir sistit ayollarda qaytalanishga moyil bo’lib ko’tariluvchi piyelonefrit shaklida asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Kasallikning rivojlanishiga zamin yaratadigan xavf omillari ham mavjud. Bularga:
– SINTETIK TOLALARDAN TAYYORLANGAN TOR ICHKI KIYIMLAR KIYISH: bu genetal hududda bakteriyalar rivojlanishiga yordam beradi, o’z navbatida sistit rivojlanish ehtimoli oshadi.
– QABZIYAT VA ICHAK KASALLIGI: ichak kasalliklari va ich qotishi fonida shartli-patogen mikrorganizmlar faollashadi, ular esa siydik yo’llariga kirib borishi mumkin.
– BUYRAK KASALLIGI: nefrologik kasalliklar bilan infeksion jarayonning qovuqqa tarqalishi ehtimoli oshadi.
– TASODIFIY JINSIY ALOQALAR: jinsiy hamrohini tez-tez o’zgarishi va himoyalanmagan jinsiy aloqa qilish jinsiy yo’l bilan yuqadigan kasalliklar rivojlanish xavfini oshiradi. Buning fonida siydik yo’llari bilan siydik pufagi yallig’lanishi ham mumkin.
– GARMONAL FONNING BUZULISHI: yuqori garmonal sharoitlarda qin va uretra shilliq qavati mikroflorasi ham o’zgaradi.
– IMMUNITETNING ZAIFLASHTIRISHIGA OLIB KELUVCHI KASLLIKLAR: gripp, qandli diabet va b.
Harakatlanishi qiyin bo’lgan keksa bemorlarda siydik pufagini to’liq bo’shatmaslik yoki hojatga kam chiqish sistitga sabab bo’lishi mumkin. Xavf guruhini peshob chiqarishdan oldin ancha muddat sabr qiladigan kattalar va bolalar ham kiradi. Shuning uchun siydik pufagi to’lib ketishini oldini olish va hojatni o’z vaqtida chiqarish tavsiya etiladi.
SISTITNING ALOMATLARI VA BELGILARI:
* tez-tez peshob chiqarish
* peshob chiqarish paytida og’riq
* bel va qorinning pastki qismida og’riq
* siydik rangining o’zgarishi
* siydikda yot aralashmalar paydo bo’lishi
* isitma
Kamdan-kam hollarda sistit o’simta tufayli kelib chiqishi mumkin. Erkaklarda sistit ko’pincha o’tkir yoki surunkali prostatit bilan namoyon bo’ladi yoki kasallik yuqori harorat bilan kechganda uning namoyon bo’lishini niqoblaydi.
SISTITNI TASHXISLASH. Dastlabki tashxis shifokor ko’rigidan boshlanadi. Sistit bilan og’rigan ayollarda qov usti va qin orqali uretra palpatsiyasida og’riq kuzatiladi. Ba’zida uretraning tashqi qismi giperemiyasi aniqlanadi.
Shundan so’ng shifokor maxsus tashxis usullarini tayinlaydi. Sistitni tashxislashda asosiy o’rganish usuli siydikni tahlil qilishdir, natijasida siydik pufagida yallig’lanish jarayonining mavjudligini, shuningdek siydik tizimining butun hoatini aniqlash mumkin. Surunkali sistitda ginekolog bilan maslahatlashish mumkin sanaladi.
Servikal sistitda siydikda oq qon hujayralari ko’payishi aniqlanmasligi mumkin. Erkaklarda tashxisni aniqroq qo’yish uchun tahlil ikki yoki uch namunalarda o’tkaziladi. Batafsil tahlil buyrak va boshqa organizmlarning holati tog’risida ma’lumot beradi.
Sistitni aniqlashda siydik pufagi va buyraklar ultra tovush tekshiruvi, siydik qopini sistoskopik tekshirish, siydikni bakteriologik tekshiruv va antibiotikka sezgirlikni aniqlash usullaridan foydalaniladi.
SISTITNI DAVOLASH. O’tkir sistitga chalingan bemorga yotoq rejimi buyuriladi. Jinsiy yaqinlik to’xtatiladi, ko’p suyuqlik ichish buyuriladi hamda spirtli ichimliklarni ichish, sho’r va achchiq taomlar iste’mol qilish man etiladi.
Siydik haydovchi damlamalar buyrak choyi, toloklyanka, makkajo’xori popugi damlamalari buyuriladi. Og’riqsizlantiruvchi ta’sirni chaqirish uchun iliq vanna grelkalardan foydalaniladi. Dizurik jarayonlarni yengillashtirish uchun spazmolitik preparatlardan: noshpa, belladonna, platifillin, papaverin, shuningdek analgetiklardan (analgin) beriladi.
Antibakterial terapiya o’tkaziladi:
– Furagin (0.1 gramm 3-4 mahal)
– Furadonin (0.1 gramm 3-4 mahal)
– Negram (0.5 gramm 4 mahal)
– Nitroksolin (0.1 gramm 4 mahal)
Antibiotiklardan eritromitsin, tetrosiklin, oletitrin, ossatsilin va boshqalar buyuriladi. Shu dori vositalarining birortasini optimal sutkali dozada 7-10 kun qabul qilganda dizurik buzulishlar kamayib, bemor ahvoli ancha yaxshilanadi.
Surunkali sistitga uchragan bemorlarni davolashda bir qancha qiyinchiliklar yuzaga keladi. Avval antibiotikogramma qilingach antibakterial terapiya boshlanadi. Ko’pincha bunday bemorlarga ikkita preparat birga beriladi, ya’ni antibiotik bilan sulfanilamidlar yoki nitrofuran preparatlar beriladi.
Kasallik juda chuqur kechsa mahalliy davo o’tkaziladi, ya’ni 2% li bor kislota eritmasini ilitib, etakridin, furatsilinni 1:5000 nisbatda, kollargol 1-2 %li eritmasi siydik pufagiga instillyatsiya (dori eritmalarini tomchilab yuborish) qilinadi. Yana antibakterial preparatlar, baliq yog’i yoki steril vazelin ishlatiladi.
Ikkilamchi sistitning turli formasida birinchi navbatda birlamchi kasallikni aniqlash lozim. Buning uchun tosh, o’sma, siydik pufagining divertikuli, siydik kanali divertikuli, prastata bezi adenomasi, jinsiy a’zolarda yallig’lanish o’chog’ini aniqlash lozim.
Buxoro Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi talabasi
ISMATILLO ISROILOV