COVID-19 yangiliklariDunyo yangiliklariKoronavirusYangiliklar

Koronavirusning havoda qancha muddat qolishi aniqlandi

Ushbu xabar allaqachon 379 marta o`qilgan!

“Amerikalik olimlar koronavirusga chalingan odam gapirganda uning og‘zidan chiqqan va koronavirus saqlagan tomchi zarralari havoda 14 daqiqagacha qolishi mumkinligini aniqlashdi. Bu haqda “PNAS” nashri  xabar berdi” – deb yozadi “YUZ.UZ” axborot portali.

Tadqiqot shu tariqa o‘tkazilgan: ko‘ngillilardan u yoki bu jumlalarni aytish so‘ralgan va bu vaqtda maxsus lazerlar bilan ular og‘zidan chiqqan mikrotomchilar havoda qancha uzoq qolishi o‘lchangan. Aniqlanishicha, baland tovush bilan bir daqiqa davomida gapirganda bunday tomchilardan kamida ming dona hosil bo‘lib, ular havoda o‘rtacha 8 daqiqa, ba’zi holatlarda esa 14 daqiqagacha saqlanib qolar ekan.

Ta’kidlash joiz, tadqiqotda havo harakati, harorat o‘zgarishi va boshqa omillar hisobga olinmagan. Biroq virusning havoda bir necha daqiqaga qolishi mumkinligining o‘zi himoya niqoblari taqib yurish kerakligi foydasiga jiddiy asos hisoblanadi.

Manba: “YUZ.UZ” axborot portali

{"from":"MediaSave","to":"Site","event":"ResizeIframe","data":{"width":0,"height":0,"position":"top-center"}}