COVID-19 yangiliklariKoronavirusRespublika yangiliklariYangiliklar

2020-yil 15-may holatiga ko’ra O’zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni

Ushbu xabar allaqachon 604 marta o`qilgan!

“2020-yil 15-may soat 23:00 holatiga ko’ra, O’zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2686 nafarni tashkil qilmoqda” – deb xabar beradi SSV matbuot kotibi.

Bugun kun davomida qayd etilgan 41 holatning 23 tasi Samarqand viloyatiga to‘g‘ri keldi.

Ayni paytda yurtimizda 2158 nafar fuqaro koronavirus infeksiyasidan butunlay sog’aydi, 517 nafar bemor esa davolanmoqda.

Aytib o‘tish lozimki, bugun Sirdaryo viloyatida davolanayotgan barcha 24 nafar bemor Toshkent shahridagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga ko‘chirib o‘tkazildi. Shifokorlarimiz tomonidan barcha bemorlarga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni esa 11 nafarni tashkil etadi.

{"from":"MediaSave","to":"Site","event":"ResizeIframe","data":{"width":0,"height":0,"position":"top-center"}}