Respublika yangiliklariYangiliklar

Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga zamonaviy sun’iy nafas olish apparati sovg‘a qilindi

Ushbu xabar allaqachon 278 marta o`qilgan!

https://telegra.ph/file/550e2e4d3f06eaba4cf17.jpg

Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga “MEKICS-MV-2000” rusumli zamonaviy sun’iy nafas olish apparati sovg‘a qilindi, deya xabar berildi Viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Xabar berilishicha “POSCO International textile LLC” — Koreya Respublikasining O‘zbekiston iqtisodiyotiga o‘z ulushini qo‘shish maqsadida 2009 yil aprel oyida Buxoro viloyatida paxtani qayta ishlash faoliyatini boshlagan ko‘p tarmoqli yirik investitsiyaviy sub’ekti hisoblanadi.

“POSCO International textile LLC” korxonasi yurtimizda “Xorazm — Buxoro” shaharlararo avtomagistral yo‘lini ta’mirlashda, “Talimarjon” issiqlik elektr stansiyasini barpo etishda, qolaversa, Farg‘ona viloyatida ip yigiruv va to‘qimachilik fabrikasiga asos solib, hozirda bu korxonani 3 mingdan ortiq ishchi kuchiga ega istiqbolli sub’ektga aylanishida katta hissa qo‘shgan salohiyatli kompaniya sifatida tan olingan.

Mazkur kompaniya mutasaddilari viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida bo‘lishib, jonlantirish bo‘limida davolanayotgan bemorlar uchun “MEKICS-MV-2000” rusumli zamonaviy sun’iy nafas olish apparatini tuhfa etdilar. Homiylik asosida sovg‘a qilingan mazkur jihoz o‘pka xastaligi bilan og‘rigan bemorlar sog‘ligini tiklashda katta ahamiyatga ega.

Nafas olishni nazorat qiluvchi kompressor va monitor qismlaridan iborat ushbu apparat to‘liq avtomatlashtirilgan bo‘lib, bemor holatini nazorat qilish uchun alohida shifokor talab etilmaydi. Apparat bemorga bir marta o‘rnatilgandan keyin barcha ko‘rsatgichlarni masofadan turib ko‘rsatib turadi va avtomatik tarzda bemor nafasini nazorat qilgan holda sun’iy nafas bilan ta’minlaydi. Ushbu apparat o‘tkir o‘pka yetishmovchilik bilan kechadigan o‘pka kasalliklarida, operatsiya paytida va undan keyingi davrda bemorni sun’iy nafas bilan ta’minlashda foydalaniladi.       

O‘z o‘rnida, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi mutasaddilari xorij kompaniyasi va janob Li Djey Songga minnatdorliklarini izhor qildilar.        

{"from":"MediaSave","to":"Site","event":"ResizeIframe","data":{"width":0,"height":0,"position":"top-center"}}