Respublika yangiliklariYangiliklar

O‘zbekistonlik professor tibbiyotga bag‘ishlangan radio- va telemateriallarni tanqid qildi va “Tibbiyot” telekanali ochishni taklif qildi

Ushbu xabar allaqachon 653 marta o`qilgan!

Tibbiyot fanlari doktori, professor Egamberdi Eshboyev “Yangi O‘zbekiston” va “Правда востока” gazetalari tahririyatining internetdagi axborot portalida e’lon qilgan o’zining maqolasida “Tibbiyot” telekanali ochish taklifi bilan chiqqan.

Maqolada ta’kidlanishicha, respublikamizda mavjud radio va telekanallar tibbiyotga bag‘ishlangan materiallarni berib borishmoqda. Aksariyat hollarda eshittirish yoki teleko’rsatuvlarni tashkil qilganlar o‘zining yoshiga mos ravishda yosh shifokorlarni studiyaga taklif qiladi yoki ulardan intervyu olganligi sababli ularning sifatini qoniqarli deb bo’lmaydi.

“Men o‘zimning salkam qirq yillik tibbiy, ilmiy faoliyatimda juda ko‘p bor qo‘limga qalam oldim, darsliklar, maqolalar yozdim. Bir fikr ko‘p yillardan buyon tinchlik bermaydi. O‘zimizda, vatanimizda tibbiyot ilmiga o‘z hissasini qo‘shgan zabardast olimlar ijodi to‘g‘risida, tibbiyot ilmi, tibbiyot madaniyati haqidagi davlat telekanali bo‘lishini orzu qilganman. Axir o‘ylang, ilonlar, sherlar, xullas, jamiki hayvonot olami to‘g‘risida har kuni beriladigan ko‘rsatuvlarning sanog‘i yo‘q. Ertadan kechgacha ashula va raqslarni tinglab, tomosha qilamiz. Ammo tibbiyot haqida mukammal loyiha yo‘q.

Tibbiyot kanali, nazarimda bugun havodek zarur. Axir mittidek keladigan viruslar ko‘zimizni ochmadimi? Hali vatanimiz bag‘rida tibbiyotning millionlab “yoshi ulug‘” vafodor shifokorlari bor. Ular shunday qarab turishmaydi. Tibbiyot kanalining ravnaq topishida o‘zlarining katta hissalarini qo‘shadilar. Tibbiyotni, uning tarixini, tibbiyot madaniyati va gigiyenasini bilmas ekanmiz, to‘rt devor ichidan chiqib keta olmaymiz. O‘ylaymizki, “Tibbiyot” telekanali ish boshlasa, xalqimizga tibbiyot ilmi sirlarini o‘rgatib borish imkoniyati oshadi”, – deydi maqolada professor.    

Maqolaning to’liq shakli bilan tanishish uchun quyidagi manzilga o’ting.

P.S. Balkim maqolada professor alohida ta’kidlanganidek respublikamizda mavjud radio va telekanallardagi tibbiyotga bag‘ishlangan materiallar aksariyat hollarda sifati past holda chiqishida har doim ham shifokorning yoshi sababchimasdir. Bu borada bir tomonlama fikrlash yaxshi emas. Bundan tashqari, tobora jadallashib borayotgan zamonda eng yangi ma’lumotlardan xabardor bo’lishda internet olamining ham xizmati bor. Faqat, bu ma’lumotlarni ishonchli manbalardan olish ko’proq ahamiyatli bo’lib, bir nechta manbalardan foydalanib tahlil qilish kerak.

Tibbiyotga bag‘ishlangan materiallar sifati masalasiga kelsak “yosh” yoki “yoshi ulug‘” degan tushunchalarga yopishib olamasdan, har bir eshittirish va ko’rsatuvni tayyorlashda tahrirlovchi mutasaddi vakillar mas’uliyatini oshirish, iqtidorli va tajribali soha mutaxassislar tahriri va maslahatlaridan keng foydalanish, yuqorida ustozimiz tanqid qilgan “yosh va hali tajribasiz” har ikkala soha mutaxassislarimizni esa “Ustoz-shogird” ananalariga tayangan holda tarbiyalashimiz, yangicha talqin va mushohada qilishga o’rgatish tadbirlarini yanada jonlantirish zarur. Chunki, ular ertangi kelajagimiz.

Taklif etilayotgan “Tibbiyot” telekanali esa aholi tibbiy madaniyati yanada oshirish, ilmiy va amaliy tibbiyot sohasida respublika va dunyo hamjamiyatida sodir bo’layotgan yangiliklardan tezkor, ishonchli va to’liq xabardor qilib borish, respublikamiz iqtidorli va malakali shifokorlar o’zlarini keng ommaga tanitib borishlari uchun keng xizmat qilishi shubhasiz. Bu ajoyib taklif! 

{"from":"MediaSave","to":"Site","event":"ResizeIframe","data":{"width":0,"height":0,"position":"top-center"}}