1-oktabr – “Ustoz va murabbiylar” kuni

Ushbu xabar allaqachon 33 marta o`qilgan!

Barcha zahmatkash, mehribon ustoz va murabbiylarmizni “Ustoz va murabbiylar” bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

O’qituvchilik kasbi shunday kasbki, toki hayot bor ekan, o’zining ma’no-mazmunini va olijanobligini, ahamiyati va hurmatini hech qachon yo’qotmaydi. Darhaqiqat, minglab murg’ak qalblarga oqu-qorani tanitadigan, ezgulik yog’dusini baxsh etadigan, kelajakka tiyrak nigox tashlashga o’rgatadigan, yoshlar qalbida ertangi kunga qat’iy ishonch uyg’otadigan, shogirdlari uchun hayotning achchiq-chuchuk sinovlarida doimo yordamga shay turadigan, qoqilsa – suyab, yiqilsa – turg’izadigan, yutuqlaridan boladek quvonadigan o’qituvchi va murabbiylar mehnatining o’lchovi, qiyosi yo’q.

Aziz ustozlar! Avvalambor, Sizlarga mustahkam so’gliq va uzoq umr tilayman. Sizning yuksak mas’uliyatli mashaqqatli va sharafli mehnatingizga zafarlar, oilaviy hayotingizga esa baxt va omad, tinchlik-xotirjamlik yor bo’lishini tilayman!  

Sharafli kasbingiz ortidan hamisha shogirdlar va el-yurt ardog‘ida bo‘ling, qadrli ustozlar!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

“MegaMedPortal.Uz” sayti ma’muriyati